Gayane Umerova
Buxoro biyennalesi bosh tashkilotchisi
"Buxoro biyennalesi keng ko‘lamli milliy g‘oyani o‘zida aks ettiradi, ya’ni u merosni moziyga muhrlangan xotira sifatida emas, balki ijodkorona kelajak uchun zamin sifatida qayta tiklashdir. Buxoro biyennalesi bu ijod safaridagi salmoqli palladir — bu shunday makonki, unda yoshlar o‘z akslarini ko‘radilar, mahalliy vakillar dunyo bilan diydorlashadi hamda meros istiqbol uchun ilhombaxsh bo‘ladi. Buxoro biyennalesi yoshlar ovozi, meros va innovatsiyalar uchrashadigan maydon va minbardir. Bu yerda hikoyalar baham ko‘rishiladi, kelajak rejalari tuziladi hamda kreativlik tarannum etiladi."
Tarjimai hol
Gayane Umerova o‘z faoliyatini O‘zbekistonning madaniyat sohasini rivojlantirishga bag‘ishlagan. U mamlakatning keng ko‘lamli madaniy infratuzilmasini barpo etish jabhasiga boshchilik qilmoqda. Uning sa’y-harakatlari mamlakat san’ati, rassomlari va madaniy merosini jahon e’tibori markaziga olib chiqmoqda. Hozirda u mintaqaning yangi jozibador madaniy markaziga aylanishi kutilayotgan Toshkentdagi Zamonaviy san’at markazini ta’mirlash va rivojlantirish masalalariga mas’ul va Buxoro biyennalesining tashabbuskori.
U ilk Orol madaniyat sammitiga rahbarlik qildi; Tadao Ando tomonidan loyihalashtirilgan yangi O‘zbekiston Milliy muzeyining qurilishiga boshchilik qilmoqda va 2025-yil 30-oktabrdan 13-noyabrgacha Samarqandda bo‘lib o‘tadigan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasiga yetakchilik qilmoqda. 2021-yildan buyon Venetsiya san’at va me’morchilik biennalesida O‘zbekiston pavilionining komissari hisoblanadi, shuningdek, O‘zbekistonning Osaka shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Expo-2025” ko‘rgazmasidagi ishtiroki va boshqa salmoqli loyihalar uchun mas’uldir.
O‘zbekistonning xalqaro madaniy maydondagi nufuzini oshirishga intilib, G.Umerova Vazirlar Mahkamasi huzuridagi YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy komissiyasi raisi va 2025-yil aprel oyida Fransiyaning “San’at va adabiyot” ordeni bilan taqdirlangan. Uning el-yurt xizmatiga sodiqligi O‘zbekiston madaniyati sohasida yoshlar uchun imkoniyatlar yaratish hamda jamoalar va avlodlarni birlashtiruvchi madaniy iqtisodiyotni rivojlantirishga ko‘maklashishga fidoyiligida yaqqol namoyon bo‘ladi.
Diana Kempbell
“Qalblar dardiga darmon” mavzusidagi birinchi Buxoro biyennalesining badiiy rahbari
“Asrlar davomida dunyoning turli burchaklaridan kelgan diniy va madaniy an’analar Buxoroda mushtarak bo‘lib, betakror ma’naviy va estetik uyg‘unlik yaratgan. Bu muqaddas shaharda bilim izlangan, hunar sayqallangan, san’at gullagan. Buxoro har doim insonlarni birlashtirgan, ularning ruhiy, fikriy va dunyoviy izlanishlariga yo‘l ochgan muqaddas maskan bo‘lib kelgan. “Qalblar dardiga darmon” biyennalesi ayni shu bebaho merosni yodga olib, bugungi madaniyatimiz poydevorini tashkil etgan tarixiy makonlarga hayot bag‘ishlaydi. Biyennale bu joylarni shahar yuragiga qaytarib, san’at bayramini bir yo‘nalishli emas, balki turfa sohalarni qamrab olgan zamonaviy tadbirga aylantiradi.”
Tarjimai hol
Los-Anjelesda tavallud topgan Diana Kempbell — muhofiz va yozuvchi bo‘lib, uning faoliyati butun dunyo bo‘ylab san'at institutlarini shakllantirish, madaniyatlararo muloqotlar uchun maydonlar yaratishga qaratilgan.
U Bangladeshning Dakka shahrida joylashgan, Janubiy Osiyodagi yetakchi san’at institutlaridan biri hisoblangan Samdani Art Foundation’ning asoschisi va badiiy rahbari. Uning flagman loyihasi — Dhaka Art Summit (DAS)’ning bosh kuratori sifatida 2014–2023-yillardagi nashrlarni boshqargan va hozirda 2026-yilgi sonini ishlab chiqmoqda.
Kempbell, shuningdek, Amsterdamdagi Hartwig Art Foundation’da Global tashabbuslar bo‘limiga rahbarlik qiladi. U kollektsiyalash, buyurtmalar berish va hamkorlikning kengaytirilgan shakllari ustida ishlaydi hamda ijtimoiy jalb qilingan badiiy tashabbuslarni birlashtiruvchi global tarmoq — AFIELD muvofiqlashtiruvchi guruhining a’zosi. 2024-yilgi biyennale doirasida Osiyo–Tinch okeani mintaqasidagi hunarmandlarni aniqlash uchun u Homo Faber tomonidan “Hunarmandchilik eksperti” etib tayinlangan. U ilgari Frieze London uchun Frieze Projects (2018–2019) kuratori va Desert X 2023 (Coachella vodiysi) hammuallifi bo‘lgan.
San’at, hunarmandchilik, ijro, dizayn va arxitektura sohalarida faoliyat olib boruvchi Kempbell 70 mamlakatdan 1900 dan ortiq ijodkorlar bilan hamkorlik qilgan. U bilan ishlagan san’atkorlar orasida Antony Gormley, Kashef Chowdhury (URBANA), Korakrit Arunanondchai, Otobong Nkanga, Paul Pfeiffer, Rana Begum, Rizvi Hassan, Shakuntala Kulkarni va Sumayya Vally (Counterspace) bor.
U MAHASSA (Modern Art Histories in and across Africa, South and Southeast Asia), EDI Global Forum for Education and Integration hamda DAS International Art Mediators Programme kabi tashabbuslarni yo‘lga qo‘ygan. Bu loyihalar Getty Foundation, Samdani Art Foundation, Cornell University’s Institute for Comparative Modernities va Asia Art Archive hamkorligida amalga oshirilgan.
Onasi tomonidan Chamoru xalqi avlodidan bo‘lgan Kempbell mahalliylik, san’at va arxitektura mavzularida izlanishlar olib borgan. Uning maqolalari Phaidon, MoMA, Frieze va Rizzoli kabi nufuzli nashrlarda e’lon qilingan. 2019–2023-yillarda u san’at olamidagi eng nufuzli shaxslar ro‘yxati — ArtReview Power100’da ketma-ket tan olingan.
Vael Al Avar
Ijodiy direktor, Arxitektura
Tokiodagi ijodiy izlanishlardan so‘ng Yaqin Sharqqa qaytgan Vael Al Avar o‘z atrofidagi dunyoni boshqacha idrok etishga undaydigan, tabiiy hodisalar bilan chuqur uyg‘unlikda yaratilgan arxitektura makonlarini yaratishga kirishdi. U qurgan har bir inshoot — yorug‘lik, vaqt, tuzilma va landshaft bilan muloqot qiluvchi, hayotga yaqin, jonli arxitekturadir.
Vael uchun bino bu oddiy konstruksiya emas — u inson sezgilari bilan yashaydigan, vaqt o‘tishi bilan o‘zgaradigan, unga moslashadigan makondir. U har bir hudud ruhini his etadi va shu ruhdan ilhom olib, insonni hayratga soladigan tajribalarga yetaklaydi.
2021-yilgi Venetsiya Me’morchilik biyennalesida u Birlashgan Arab Amirliklari milliy pavilyonida kuratorlik qildi. Bu loyiha nafaqat xalqaro e’tirofga sazovor bo‘ldi, balki biyennalening eng yuksak mukofoti — “Oltin Arslon” bilan taqdirlandi. Bu yutuq Vael Al Avarning arxitekturani san’at, ilm va tabiat o‘rtasidagi nafis muvozanat sifatida ko‘ra bilgan ijodkorligini yana bir bor tasdiqladi.
Buxoro biyennalesi direktori
Azizbek Mannopov, O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi o‘rinbosari
Jamg‘armada u Luvr, Arab dunyosi instituti, Parijdagi YUNESKO bosh qarorgohi, Berlindagi Yangi muzey va Jeyms Simon galereyasi, Pekindagi Imperator saroyi muzeyi kabi muassasalarda O‘zbekistonning madaniy merosini namoyish etuvchi turli keng miqyosli nufuzli loyihalarni boshqargan. Azizbek “Assouline” nashriyoti bilan O‘zbekiston merosi haqidagi fotoalbomlar nashri bo‘yicha hamkorlik qilib, “Arte France” kabi xalqaro hamkorlar bilan badiiy-hujjatli filmlarni suratga olgan.
Madaniy hamkorlik departamenti orqali u Oʻzbekiston boʻylab hunarmandlar va amaliy sanʼatni qoʻllab-quvvatlovchi dasturlarni muvofiqlashtirdi, jumladan Mikelanjelo jamgʻarmasi bilan hamkorlikda bir qancha oʻzbek hunarmandlariga Markaziy Osiyo mintaqasidan ilk bor “Homo Faber” tarmogʻiga qoʻshilish imkonini bergan. U, shuningdek, O‘zbekistonning “Expo 2025” ko‘rgazmasi pavilionini ishlab chiqish, Jadidlar muzeyi, multimedia ko‘rgazmalarini tashkil etish va boshqa madaniy tashabbuslarga bosh-qosh boʻlgan.
Tashkilotchilar
ALOHIDA QO‘LLAB-QUVVATLASH
O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi rahbari:
Saida Mirziyoyeva
BUXORO BIYENNALESI TASHKILOTCHISI
O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi huzuridagi Kreativ iqtisodiyot va turizm bo‘limi rahbari,
O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi:
Gayane Umerova
BUXORO VILOYATI HOKIMLIGI
Hokim:
Botir Zaripov
Hokim o‘rinbosari:
Botir Shahriyorov
O‘ZBEKISTON MADANIYAT VA SAN’ATNI RIVOJLANTIRISH JAMG‘ARMASI
Rais birinchi o‘rinbosari:
Elmurod Najimov
Rais o‘rinbosari:
Azizbek Mannopov
Maslahatchi:
Cyril Zammit
Qurilish bo‘limi boshlig‘i:
Saidaziz Ishanxodjaev
Qurilish loyihasi menejeri:
Anton Cherkasov
O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi muzeylar bo‘limi boshlig‘i:
Bobirmirzo Sayomov
Marketing va kommunikatsiyalar:
Sanobar Umarova
Tuychimurod Tuxtapulatov
Soxibjamol Rustamova
Zarif Kulmatov
Loyiha menejerlari:
Abdulaziz Gulamov
Musharrafxon G‘ofurjonova
Otabek Rixsimboyev
Shaxlo Axmedjanova
Ijrochi prodyuser:
Salohiddinxo‘ja Suratxo‘jayev
Prodyuserlar:
Amirxon G‘ayratxo‘jayev
Muzaffar Yusupov
Otabek Azizov
Sherdor Nasimov
BOYET faoliyatini ta'minlash va AT rivojlantirish bo‘limi:
Avazbek Tuxtasinov
Azizbek Nurmuhammadov
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIY MEROS AGENTLIGI
Buxoro viloyati madaniy meros bo‘limi boshlig‘i:
Kamol Salyamov
BADIIY KENGASH JAMOASI
Badiiy rahbar:
Diana Kempbell
Badiiy rahbar yordamchisi:
Timur Zolotoyev
Loyiha menejeri yordamchisi:
Adam Ondak
Prodyuserlar:
Hamid Amini
Aleksandra Maleyeva
Asli Samadova
Anastasya Skvortsova
Ommaviy dastur va nashrlar bo‘yicha menejer:
Qamoos Buxoriy
Ommaviy dastur prodyuseri:
Kirill Marenkov
Bosh mediatorlar:
Kamronbek Karimov
Jasmina Rahmonova
Xayrullo Temirov
Akademik simpozium muhofizi:
Aziza Izamova
She’riyat dasturi muhofizi:
Katya Garcia-Anton
Guruch madaniyati festivali kuratori:
Marie Helene Pereira
Muhofizlar jamoasining me’moriy va dizaynerlik ko‘magi
"GOLEM"
ARXITEKTURA JAMOASI
Waiwai arxitektorlari (Vael Al
Avar & Rafal Sliva)
VOGT Landscape arxitektorlari
TEXNIK JAMOA
Verner Sobek (Valentin Grudskiy)
City Size (Akmal Umarov)
Les Eclaireurs (Lukas Goy)
Black Engineering
GRAFIK DIZAYN
Studio Manuel Raeder
(Egle Petraskaite, Cecilia Murgia,
Andrev J. Beltran, Loll Fraser,
Sofie Leon, Manuel Raeder)
OMMAVIY ALOQALAR
Scott & Co
Buxoro biyennalesi jamoasi va unda ishtirok etayotgan rassomlar ushbu ilk biyennaleni amalga oshirishga ko‘mak bergan barcha tomonlarga samimiy minnatdorlik bildiradi.
O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi haqida
O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi O‘zbekiston madaniy merosi, san’ati va madaniyatini asrab-avaylaydi, targ‘ib etadi va g‘amxo‘rlik bilan parvarishlaydi. O‘zbekistonning madaniy yuksalishida peshqadam bo‘lgan Jamg‘arma mamlakatning madaniy ekotizimini rivojlantirishga ko‘maklashish, kreativ iqtisodiyotni rag‘batlantirish hamda mahalliy, mintaqaviy va jahon miqyosida mutaxassislar uchun imkoniyatlar yaratishga intiladi. Jamg‘arma jamiyatni shakllantirish, jamoalarni birlashtirish, avlodlar o‘rtasidagi aloqalarni o‘rnatish va madaniyatlararo muloqotni rag‘batlantirishda madaniyat va madaniy meros ustuvor ahamiyat kasb etishiga qat’iy ishonadi.
Jamg‘arma Toshkentda IV Butunjahon kreativ iqtisodiyot konferensiyasi (WCCE) va Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida ilk Orol madaniyat sammiti anjumanlariga muvaffaqiyatli yetakchilik qildi. Hozirda Jamg‘arma O‘zbekistonning Yaponiyaning Osaka, Kansay shaharlarida bo‘lib o‘tayotgan “Ekspo 2025” ko‘rgazmasidagi ishtirokini, Toshkentdagi Zamonaviy san’at markazini qayta tiklash, Tadao Ando loyihasi bo‘yicha yangi O‘zbekiston Milliy muzeyini qurish, knyaz Romanovlar qarorgohini restavratsiya va qisman rekonstruksiya qilish ishlarini muvofiqlashtirmoqda. Jamg‘arma, shuningdek, shaharning modernizm me’morchiligini hujjatlashtirish va himoya qilish uchun “Tashkent Modernism XX/XXI” tadqiqot loyihasini ishga tushirdi. Uning natijalari Rizzoli New York va Lars Müller Publishers nashriyotlari bilan hamkorlikda tayyorlangan ikkita salmoqli risolada o‘z aksini topgan. Buxoroda Jamg‘arma birinchi Buxoro biyennalesini 2025-yil sentyabr oyida ishga tushiradi. Samarqandda Jamg‘arma YUNESKO Bosh konferensiyasining navbatdagi 43-sessiyasi (2025-yil 30 oktyabr – 13 noyabr)ga mezbonlik qiladi.
Bugungi kungacha Jamg‘arma 17 mamlakatda o‘tkazilgan diqqatga molik ko‘rgazmalar orqali 3.5 milliondan ortiq tashrif buyuruvchilarni qamrab oldi, ular orasida Parijdagi Luvr va Arab dunyosi institutidan Florensiyadagi Uffitsi, Londondagi Britaniya muzeyi va Pekindagi Imperator muzeyi bor. Yevropa, Osiyo va Fors ko‘rfazi bo‘ylab taqdim etilgan loyihalar hamda 40 dan ortiq xalqaro muzey va madaniy muassasalar bilan hamkorlikda Jamg‘arma dunyoning eng nufuzli madaniy maydonlarida O‘zbekiston ovozi va tarixiga oid hikoyalarni mustahkamlamoqda.