29.05.2025

Ilk Buxoro biyennalesi anjumanining serqirra tadbirlar dasturini taqdim etamiz

Ilk Buxoro biyennalesi anjumanining serqirra tadbirlar dasturini taqdim etamiz

     Buxoro biyennalesining ilk “Qalblar dardiga darmon” anjumani doirasida muayyan maskanlarga xos bag‘ishlangan san’at asarlariga oid yangi buyurtmalar va jonli tadbirlar dasturidan iborat 10 hafta davomida o‘tkaziladigan zamonaviy san’at, hunarmandchilik va taomlarning jo‘shqin tantanasi namoyon bo‘ladi, bu bugungi kunda Markaziy Osiyodagi eng yirik va turfa madaniy tashabbuslardan biriga aylanadi.

     2025-yilning 5-sentabridan 20-noyabrigacha tadbir dasturidan yetakchi zamonaviy rassomlar bilan suhbatlar, har to‘lin oy to‘lishi arafasida musiqiy chiqishlar, bosh oshpazlar uchrashuvlari, hunarmandlar rahbarligidagi mahorat darslari, san’at tarixi simpoziumi, she’riy dastur va boshqa ko‘plab tadbirlar o‘rin oladi.

Diana Kempbell tomonidan yetakchilik qilinayotgan “Qalblar dardiga darmon” tadbirida o‘zbekistonlik rassomlar, oshpazlar va dizaynerlar, shu jumladan, Laylo Gohar, Subodh Gupta, Karsten Hoeller, Jeong Kvan, Yelena Reygadas va Tavares Strahan kabi xalqaro ishtirokchilar qatnashadi.

Tashabbuskor Gayane Umerova boshchiligidagi Buxoro biennalesini Buxoroning yangi madaniy mavzesidagi yangi ko‘rkam ta’mirlangan tarixiy dargohlarda o‘tkaziladi, bu esa shahar merosini asrab-avaylash va kelajak avlodlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish bo‘yicha tobora kengayib borayotgan rejaning debochasi hisoblanadi.

photo_2025-07-23_12-37-57

Ilk Buxoro biyennalesining O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan etiboringizga havola etilayotganQalblar dardiga darmon” dasturidan serqirra ishtirokchilar tarkibi hamda har bir asar biyennale uchun maxsus buyurtma qilingan va O‘zbekistonda ishlab chiqilganmaskan mavzusiga mos va xos san’at asarlari va noyob qurilmalar, shuningdek, anjuman tadbirlarijonli ijrolar va pazandachilik tadbirlari orin olgan. Gayane Umerova tomonidan tashabbus korsatilgan va badiiy rahbar Diana Kempbell tomonidan muhofizlik qilingan debyut anjuman 2025-yilning 5-sentabridan 23-noyabriga qadar bolib o‘tadigan kunlar davomida tadrijiy rivojlanib o‘zgarib boradi.

Mamlakat tarixida ilk bor Buxoro biennalesi muayyan maskanlarga mos 70 dan ortiq zamonaviy loyihalarni taqdim etadi, ularning har biri O‘zbekiston, Markaziy Osiyo va butun dunyodan kelgan mahalliy usta va rassomlar hamkorligida loyihalashtirilgan. Tasviriy san’at, me’morchilikdan ilhomlangan qurilmalar, jonli ijrolar, she’riyat va pazandachilik taassurotlarini taqdim etgan holda Diana Kempbellning kuratorlik goyasi va ilk anjumanning Qalblar dardiga darmonmavzusidagi nomi O‘zbekistonda hunarmandchilik va pazandachilikning san’at shakllari sifatida etirof etilishini aks ettirib, kengaytirilgan, hissiyotlarga tola sayohatga ierarxiyalarni buzish orqali ravona boladi.

Birinchi biyennale Buxoroda yaqinda restavratsiya qilingan tarixiy turkum joylarda bo‘lib o‘tadi va YUNESKOning Hunarmandchilik va xalq san’ati ijodkor shaharlari uchun yangi madaniy hududning dastlabki bosqichini tantana qiladiTadbirlar “Xo‘ja Govkushon” ansambli, “Ayozjon” karvonsaroyi, “Ulug‘bek tamokifurushi” karvonsaroyi, “Ahmadjon” karvonsaroyi, “Fatxullajon” karvonsaroyi va “Rashid” madrasasi hududida bolib otadi. Buxoroning me’moriy merosiga tasviriy hamohang ravishda tanlangan diqqatga sazovor joylarning har biri shahar uchun nimadir yangi va kundalik hayotga uygun narsalarni yaratish maqsadida Buxoroning ko‘p asrlik hunarmandchilik an’analari bilan bog‘langan holda uni yanada mazmunan boyitadi.

Buxoro biyennalesidagi “Oshqozon” kafesi o‘zbek tilidagi shunday so‘zdan kelib chiqqan bo‘lib, tom ma’noda “ovqat tayyorlanadigan idish” degan ma’noni anglatadi. Biyennalening muhofizlik goyasi orqali oziqlanadigan tana, zamonaviy tibbiyotning otasi sifatida dovrug‘ taratgan, asli buxorolik bo‘lgan Ibn Sinodan ilhomlangan turli xil san’atning jamoaviy ziyofati va uning, ham jismoniy, ham ruhiy shifo retseptlari mavzusi tevaragida birlashadiBiennale davomida har haftaning dam olish kunlari xalqaro va o‘zbekistonlik oshpazlar o‘rtasida teng ravishda hikoya qilish qismi bilan davom etuvchi taomnoma ishlab chiqish taklif etiladi. Kulol Abdurauf Tohirov (O‘zbekiston) bilan hamkorlikda Oyjon Xayrullayeva (O‘zbekiston) biyennale bo‘ylab joylashgan katta mozaikalardan organlarni yaratadi, maydonchalarni bir tananing qismlari sifatida birlashtirib, “Oshqozon” kafesi eshigi ustiga joylashtirilgan oshqozon shaklidagi mozaika bilan bog‘laydi. Jahon ziravorlar savdosi doirasida Buxoro tarixining jahon pazandachilik an’analarini aks ettiruvchi taomlarni baham ko‘rish uchun tashrif buyuruvchilarni kutib olgan holda ma’ruzalar, amaliy mashgulotlar, suhbatlar yoki filmlar bilan birga “Oshqozon” kafesi taomni hissiy vosita sifatida nishonlash maydoniga aylanadi, qayg‘u va shifo tarixlarini samarali pazandalik marosimlariga singdiradi.

Oshpaz va buddaviy rohib Chon Kvan (Janubiy Koreya) biyenallening ochilishi va yopilishini taom tayyorlashni meditatsiya atvori sifatida o‘rgangan holda nishonlaydi. O‘zbekistonda Markaziy Osiyodagi koreys millatiga mansub eng yirik jamoa istiqomat qilayotganligi bois Chon Kvan kimchi tayyorlash va tashrif buyuruvchilarni fermentatsiya san’ati bilan tanishtirish orqali ushbu merosga hurmat bajo keltiradi, bu yerda tashrif buyuruvchilar biyennale boshida tayyorlangan fermentlangan mahsulotlarni yopilish paytida ochib, vaqtning shifobaxsh xususiyatlarini tarannum etuvchi taom sifatida iste’mol qilishlari mumkin bo‘lgan biyennale vaqt oralig‘ini tatib ko‘rishlari mumkin.

23–24-sentabrda bosh oshpaz Yelena Reygadas (Meksika) o‘zbek oshxonasining ajralmas qismiga aylangan pamildori va qalampir kabi masalliqlardan foydalangan holda Amerikadan Markaziy Osiyoga o‘tish yo‘lini kashf etadi. Bosh oshpaz Fatmata Binta (Serra-Leone) 10–12-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadigan loyiha doirasida Afrika va Markaziy Osiyoda qurg‘oqchilikni boshdan kechirayotgan donli ekinlardan ilhomlanib, ko‘chmanchi pazandachilik madaniyatini o‘rganmoqda. Rassom Karsten Hoeller (Germaniya) Brutalisten bosh oshpazi Koen Dileman (Niderlandiya) va taniqli o‘zbek oshpazlari Bahriddin Chustiy va Pavel Georganov bilan birgalikda biyennale davomida taomlarni ilm-fan, san’at va hissiyotlar markaziga aylantiradi. Taomlardan ilhomlangan boshqa loyihalarga qatoriga LailaGohar (Misrtomonidan yaratilgan, bolalik xotiralarini eslatuvchi va ta’m o‘rganish orqali anglanadigan mo‘jiza – uzum sharbati va za’farondan iborat qo‘lda tayyorlangan o‘zbek shakarining tuz va novvot kristallaridan iborat pavilion, shuningdek Slavs and Tatars” jamoasi va kulol Abdullo Narzullayev (O‘zbekiston) tomonidan tayyorlanganuning markazida mahalliy ozbek afsonasiga korailohiy tuhfa sifatida qovun gavdalantirilganDelsi Morelos (Kolumbiyava ziravorlar savdogari Abdulnabil Komolov (Ozbekistonishtirokida ziravorlartuproqchol qumi va loydan yasalgan orgimchak uyasidan ilhomlangan haykal hamda Samah Hijaviy (Iordaniya/Belgiyava Ahmad Arabov (Ozbekistontomonidan yaratilganIpak yoli boylab oziq-ovqat va ziravorlarharakatini aks ettiruvchi 15 metrli kashta devoriy surati kiradi.

Buxoroning boy me’moriy merosi Subod(Hindiston) Guptaning o‘zbekistonlik oshpaz Pavel Georganov bilan hamkorlikda sovet davridagi sirlangan idishlar bilan qoplangan mahobatli gumbazda joylashgan oshpazlik sarguzashtini yaratganida o‘z aksini topgan. Gumbazning tuzilishi O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi pazandachilik va me’moriy aloqalar ildizni organib, Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi masofani yaqinlashtiradi, bu somsa va samosa kabi taomlarning ozaro bogliqligida namoyon bo‘ladi. Diana Kempbell va Mari Elen Pereyra kuratorlik qiladigan sholi madaniyati sayli 16–20-noyabr kunlari biyennalening yopilish marosimini tantan qiladi. Unda dunyoning turli mamlakatlaridan keltirilgan guruchli taomlar, jumladan, G‘arbiy Afrikaning jollof guruchi, Hindistonning pulao, Ispaniyaning paelyu va Buxoro palovlari taqdim etiladi. Buxoro amiri tomonidan o‘tkazilgan palov musobaqasini yodga soluvchi sholi madaniyati festivali taom tayyorlash va hikoya qilish bo‘yicha interfaol tadbirga aylanadi. Sizni bug‘ chiqib turgan doshqozonlar – palov tayyorlash uchun odatiy bo‘lgan cho‘yan idishlar kutmoqda, bu esa amir davridagi ziyofat muhitini yaratishga imkon beradi.

Ko‘plab ma’naviy va madaniy an’analarni birlashtirgan biennale dasturi butun dunyodan fanlararo munozaralar va ijodiy hamkorlikni o‘zida mujassam etadi. XVI asrga oid Gavkushon madrasasiga joylashtirilgan “Sakinat uyi” biyennale davomida simpoziumlar, mahorat darslari va jonli chiqishlar o‘tkaziladigan ma’rifiy maydonga aylanadi. Abbosiylarning mashhur Bag‘dod kutubxonasi bo‘lgan “Donishmandlik uyi”dan ilhomlanib, “Sakinat uyi” qiyinchiliklar bilan kurashish va qalbga taskin berish mumkin bo‘lgan makonga aylanadi. “Sakinat uyi” hovlisidagi tut daraxtlariga rassom va me’mor Suchi Reddi (Hindiston/AQSH) tomonidan mahalliy to‘qimachi bilan hamkorlikda loyihalashtirilgan soyabon osilgan bo‘ladi. “Himoya naqshlari” deb nomlangan Reddi shiyponi an’anaviy o‘zbek matosi bo‘lgan ikat gazlamasining kashta naqshlari asosida yaratilgan bo‘lib, uning tanish gullari shifo va xavfsizlik hissini uyg‘otadi, tashrif buyuruvchilar uchun himoya shiyponi va jamoaviy ta’lim olish maskaniga aylanadigan mobil mebel qurilmasini hosil etadi.

Buxoroni jonli, nafas oluvchi ijod ustaxonasi sifatida ulug‘lagan holda “Sakinat uyi” interfaol tadbirlarni, jumladan, O‘zbekiston hunarmandchiligi bilan tanishtiruvchi va yo‘qolgan an’analar haqida qayg‘urish mavzusida mahorat darslarini taklif etadi. Mahorat darslari ebru kabi unutilgan an’analarga bag‘ishlanadi. Buxorolik miniatyurachi rassom Davlat Toshev rahbarligidagi mahorat darslari tashrif buyuruvchilarni Buxoroda paydo bo‘lgan deb hisoblangan ushbu san’at turi bilan mazmunli ishlashga taklif qiladi, miniatyura rasmlarining chetidan ebrani olib chiqib, uni diqqat markaziga aylantiradi.

Buxoro shahrini jonli, nafas oluvchi ijod ustaxonasi sifatida ulug‘lagan holda “Sakinat uyi” interfaol tadbirlarni, jumladan, O‘zbekiston hunarmandchiligi bilan tanishtiruvchi va yo‘qolgan an’analar haqida qayg‘urish mavzusida mahorat darslariga mezbonlik qiladi. Mahorat darslari ebru kabi unutilgan an’analarga bag‘ishlanadi. Buxorolik miniatyurachi rassom Davlat Toshev rahbarligidagi mahorat darslari tashrif buyuruvchilarni Buxoroda paydo bo‘lgan deb taxmin qilinadigan ushbu san’at turi bilan mazmunli shug‘ullanishga chorlaydi, miniatyura rasmlarining sarhadlaridan ebruni olib chiqib, uni diqqat markaziga aylantiradi.

Shakuntala Kulkarni (Hindiston) ko‘p xonali qurilma orqali harakat va musiqaning shifobaxsh kuchini Buxoro filarmoniyasi bilan hamkorlikda qo‘shiqchilar, raqqosa va musiqachilar bilan ishlash orqali tana tili va tovush o‘rtasida muloqot yaratadi. 2009-yilda suratga olingan “Xarobadan chiqqan millioner” filmi bilan tanilgan operator Ajay Noronha (Hindiston) bilan hamkorlikda boshqa xonada mehmonlar ona qornidek tasalli va shifo beruvchi tandirga nazar tashlashlari mumkin bo‘ladi va uning poyida film namoyish etiladi. Kinorejissyor Majid al Remaihi (Qatar) buxorolik qo‘g‘irchoqbozlar bilan hamkorlikda folklordagi Nasriddin qiyofasini, ya’ni ham eshagini, ham topqirligini yo‘qotib, adashib qolgan darbadarni qayta gavdalantiradi. Mahalliy aholi bilan hujjatli intervyularni birlashtirgan holda installyatsiya va video ish hazilni jamoaviy barqarorlikning bir shakli sifatida o‘rganadi. Tarek Atui (Livan) o‘zbek musiqachilari bilan birgalikda jonli an’analarni hozirgi zamonda nishonlashda ishtirok etadi, bu uning ko‘p yillik faoliyatini butun Osiyo bo‘ylab, arab dunyosi orqali va uning sarhadlaridan tashqarida musiqiy an’analarning migratsiyasi bilan bog‘laydi. 21–24-sentabr kunlari jonli chiqishlar va mahorat darslari bo‘lib o‘tadi.

Butun biyennale bo‘ylab to‘qimachilik yo‘li sifatida o‘tadigan ko‘p kilometrli ikat devor gazlamasiga hamroh bo‘lgan holda Hilozoic / Desires (Himali Singh Soin va Devid Soin Tappesser, Hindiston/Buyuk Britaniya) karnay ijrochilari bilan oktabr va noyabr oylarida har oy to‘lishi arafasida osmondan yomg‘ir–suv yog‘dirish musiqiy marosimini o‘tkazadi.

6–8-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadigan Yamoqchilik hunarmandchiligi: O‘zbekistonning madaniyatlararo merosi bo‘yicha simpoziumi” nomli 3 kunlik simpoziumda O‘zbekistonni hunarmandchilik, parvarishlash va ta’mirlashning kam ma’lum bo‘lgan tarixi orqali transmintaqaviy madaniy almashinuvning asosiy markazi sifatida ko‘rib chiqiladi. Biennale yakunida 16–20-noyabr kunlari “Sakinat uyi” Katya Garsiya-Anton kuratorligi ostida she’riy dasturga mezbonlik qiladi. U Buxoroni XIII asrdagi Rumiydan XX asrdagi Lengston Hyuzgacha bo‘lgan shoirlar uchun muhim bo‘lgan “shoirlar shahri” sifatida madh etadi. Garsiya-Anton bu merosni e’zozlaydi va dostonchilik an’analariga e’tibor qaratadi, she’riy amaliyotni egallagan rassomlar zamonaviy dunyoda dostonning ahamiyatini qanday qayta belgilayotganini tadqiq etadi.

7 yildan ortiq vaqt davomida butun O‘zbekiston bo‘ylab hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlab, ular bilan yaqindan hamkorlik qilib kelayotgan O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasining ko‘p yillik faoliyatiga asoslangan biennale tadbir tashabbuskori Gayane Umerova boshchiligidagi san’at, hunarmandchilik va ta’limga doimiy sodiqlik bilan chuqur ildiz otgan. Ushbu fundamental ishlar va hunarmandlar bilan yo‘lga qo‘yilgan munosabatlar ushbu ilk anjumanning o‘ziga xos muhofizlik yondashuvini amalga oshirish imkonini berdi, unda mahalliy hunarmandchilik O‘zbekistonda yaratilgan zamonaviy loyihalar orqali hayotga tatbiq etiladi. Biyennale Umerovaning Buxoroning Ipak yo‘lidagi kreativ sanoat va intellektual muloqot markazi sifatidagi tarixiy ildizlarini tiklash g‘oyasini amalga oshirishning debochasi ekanligini anglatadi. Madaniy maydon va dasturlarni biennale doirasidan tashqariga kengaytirish, jumladan, tasviriy san’at muzeyi, ko‘rgazma maydoni, musiqa maktabi, badiiy studiya va raqamli arxivni o‘z ichiga olish rejalashtirilgan.

Painting of Oyjon Khayrullaeva’s project

“Qalblar dardiga darmon” 2025-yil 5-sentabrdan 20-noyabrgacha O‘zbekistonning Buxoro shahrida bo‘lib o‘tadi. Tadbir hamma uchun ochiq, kirish bepul.

Buxoro biyennalesining fanlararo tadbirlari dasturini ushbu havola orqali ko‘rishingiz mumkin: www.bukharabiennial.uz 

Ishtirokchilar ayni paytdagi ro‘yxati bilan tanishish uchun havola ustiga bosing: bukharabiennial.uz/artists