San’atkorlar suhbati: Majid Ol Remaihi va Denis Davidov
Pop-up Kutubxonasi (Pochchoqul masjidi)
Barcha seanslar
17.11.2025 19:00 — 20:00
Ushbu suhbatda o‘zbek san’atkori Denis Davidov va Qatarlik san’atkor Majid Ol Remaihi birlashib, hazil orqali yo‘qotish va og‘riq bilan yashash yo‘llarini muhokama qiladilar. Ikkala san’atkor ham afsonaviy afandi Xoja Nasriddin obraziga tayangan — u tag ma'no va dono hazil orqali adolatsizlik va dunyoning kamchiliklarini ochib berib, zamonamizning yurak og‘riqlarini davolash retseptlarini taklif qiladi. Suhbatda raqamli yoki kinematografik tasavvur bu abadiy ertaklarni qanday qilib zamonaviy hayotga qaytarishi mumkinligi va bugungi dunyoda kulgi unutila boshlagani nimani anglatishi haqida so‘z boradi.
Tillar: Ingliz, O‘zbek
Davomiyligi: 60 daqiqa