Ijro – diydor shirin suhbatlar (Shakuntala Kulkarni xoreograf Arundhati Chattopadhyaya va Buxoro filarmoniyasining musiqachilari, qo‘shiqchilari va raqqosalari bilan hamkorlikda)
06.09.2025 19:00
Karvonsaroy

Shanba 6-sentabr, 19.00
Yakshanba 7-sentabr, 19.00
Davomiyligi: 10 daqiqa
Sig‘im: 60 kishi
Manzil: Karvonsaroy
Buxoro filarmoniyasi musiqachilari, qo‘shiqchilari va raqqosalari bilan rassom Shakuntala Kulkarni hamda xoreograf Arundhati Chattopadhyaya hamkorligida yaratilgan ushbu asar ayollarning ichki olamini ovozlar orqali ifodalaydi, odatda tilga olinmaydigan his-tuyg‘ularga joy beradi.
Ularning ichki iztiroblari harakat va tovush orqali namoyon bo‘ladi: cholg‘u asboblari va sas-sadolar og‘riq, g‘azab, qo‘rquv hamda o‘tkinchi quvonch o‘rtasida almashar ekan, tanalar hissiyotga bo‘ysunib, naqshlarni buzadi va qayta tiklaydi. Soz va cholg‘ular o‘zlarining siniq ohang-u nolalari bilan yurakning kurashini aks ettiradi.
Oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab qilinmaydi. Iltimos, o‘zingiz uchun joy borligiga ishonch hosil qilish maqsadida 10 daqiqa oldinroq tashrif buyuring.