"Jolof hikoyalari" — oshpaz Tamsir Ndir, Xadija Aisha Ba, Abdurahman Sek va Mari Elena Pereyra hamkorligida

"Oshqozon" kafesi

"Jolof hikoyalari" — oshpaz Tamsir Ndir, Xadija Aisha Ba, Abdurahman Sek va Mari Elena Pereyra hamkorligida

Barcha seanslar

16.11.2025 13:00 — 16:00

Kurator Mari Helen Pereyra, oshpaz Tamsir Ndir, professor Abdurahmon Sek va dizayner Xadija Aysha Ba L’Artisane ishtirokidagi tushlik va suhbat

Buxoro biyennalesi taklifi bilan Haus der Kulturen der Welt (Dunyo madaniyatlari uyi) tashabbusi — “Til va tomoq xotiralari” dasturi doirasida o‘tkaziladigan mazkur tadbir “Guruch madaniyatlari festivali”ning bir qismi sifatida Senegalning "Teranga" deb ataluvchi mehmondo‘stlik an’analarini turli shakllarda o‘rganib, ularni Markaziy Osiyoning yig‘ilish va bo‘lishish madaniyatlari bilan muloqotga chorlaydi. Dasturning muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida, oshpazlarni mehmon sifatida qabul qilish an’anasini davom ettirgan holda, Dakar shahridan kelgan, G‘arbiy Afrika taomlari bo‘yicha mohir oshpaz Tamsir Ndir ishtirokida o‘zaro hikoya, tajriba va bilim almashuvlari kechadi.

Jolof hikoyalari — bu Senegal va Senegambiya mintaqasining Teranga tushunchasini zamonaviy talqin etish va yangicha o‘qish imkonini beruvchi tadbirdir. Tarixchi va antropolog Abdurahmon Sek ta'kidlaganidek, “teranga” so‘zi baliqchi va dehqonlar orasida shakllangan volof tiliga mansub turli manbalardan kelib chiqqan. Teranganing asosiy g‘oyasi — sayohatchilarni va mehmonlarni iliq kutib olish, ayniqsa, “Ceebu Jën” (Senegal milliy taomi) bilan siylash an’anasi bilan chambarchas bog‘liq.  YUNESKO tomonidan nomoddiy madaniy meros sifatida e’tirof etilgan bu taom odatda baliq, maydalangan guruch, quritilgan dengiz mahsulotlari, sabzavotlar va ziravorlardan tayyorlanadi. Shu kecha davomida oshpaz Tamsir mahalliy o‘zbek mahsulotlarining lazzatini ochib, Ceebu Jën hamda turli senegallik gazaklar tayyorlaydi — bu esa umumiy taom tayyorlash va hikoya qilish zavqini birlashtiruvchi noyob tajriba bo‘ladi.

Teranga tushunchasi, shuningdek, dizayn, fazoviy ijodkorlik va mehmondo‘stlik amaliyotlari orqali “uyda iliq kutib olish” g‘oyasini ham ifodalaydi. Bu jihatlar moda dizayneri Xadija Aysha Ba tomonidan — 60–70-yillarda shakllangan senegallik modaning zamonaviy talqini asosida yaratgan L’Artisane brendi orqali sahnalashtiriladi. Bugungi kunda u g‘arb modasining kuchayib borayotgan ta’siri ostida yo‘qolish xavfi ostidagi merosni qayta jonlantirishga intilmoqda. Taom, musiqa va iliq suhbatlar uyg‘unligida o‘tadigan ushbu kecha Teranga an’analari va ularning o‘zaro hurmat, mehmondo‘stlik falsafasiga bag‘ishlanadi.

Taomnoma va narx keyinchalik e’lon qilinadi.

Ishtirok faqat oldindan bron orqali amalga oshiriladi, joylar soni cheklangan.
Ro‘yxatdan o‘tish tez orada ochiladi.

Leaf Background

Maʼlumotlaringizni kiriting