Jeong Kvan bilan kimchi bo‘yicha mahorat darsi
06.09.2025 10:00
Xo‘ja Kalon masjidi

Shanba 6-sentabr, 10:00
Davomiyligi: 7 soat
Sig‘imi: 20 kishi
Manzil: Xoja Kalon masjidi
Markaziy Osiyodagi eng yirik koreys diasporasi yashaydigan O‘zbekistonda buddaviy rohib va oshpaz Jeong Kvan ana shu jamoa a’zolari bilan hamkorlikda kimchi tayyorlab, tashrif buyuruvchilarni fermentatsiya jarayonining sehrli va o‘zgaruvchan olamiga chorlaydi. U biyennalening ochilishida taom tayyorlab, yopilishida uni baham ko‘rish orqali vaqtning shifobaxsh kuchini namoyon etadi. Shuningdek, sobiq masjid qoldiqlari ustida oziq-ovqat meditatsiyasi mashg‘ulotlarini o‘tkazib, shaxsiy va jamoaviy o‘zgarish uchun zarur bo‘lgan ijobiy energiyani qayta tiklashda taomning muhim ahamiyatga egaligini ko‘rsatadi. Jeong Kvan so‘zlari bilan aytganda: “Taom tayyorlashva iste’mol qilish bu – ruhiy amaliyot, tabiat va hayotga minnatdorchilik bildirish marosimi, bo‘shliq sari yo‘l va shifo uchun ehsondir”.
Barcha panellar turli xil xalqaro auditoriyamiz uchun qulay bo‘lishi uchun jonli sinxron tarjima funksiyasiga ega bo‘ladi.
Oldindan ro‘yxatdan o‘tish shart; ishtirokchilar butun kun davomida qatnashishga tayyor bo‘lishlari lozim.
Iltimos, ro‘yxatdan o‘tish uchun shu manzilga murojaat qiling: rsvp@bukharabiennial.uz