Panjara yasash bo‘yicha mahorat darsi

07.09.2025 16:30

“Govkushon” madrasasi

Panjara yasash bo‘yicha mahorat darsi

Yakshanba, 7-sentabr, 16:30
Davomiyligi: 2 soat
Sig‘imi: 10 kishi
Manzil: “Govkushon” madrasasi

Ahmad Angaviy va Shonazar Jumayev boshchiligidagi Panjara yasash mahorat darsi an’anaviy Buxoro yog‘och o‘ymakorligi va Markaziy Osiyo mutafakkirlari Xorazmiy hamda Ibn Sinoning algoritmik merosi tutashgan nuqtani o‘rganadi. Darsda ishtirokchilar panjara deb ataluvchi murakkab, to‘rsimon yog‘och naqshlari bilan nafaqat san’at asari, qolaversa, o‘ziga xos kod sifatida tanishish imkoniga ega bo‘ladi. Bu esa ko‘p asrlik an’ana ortidagi usullar, vositalar va naqshlar bilan amaliy tanishish demakdir. Mehmonlar o‘zlari yasagan kichik panjaralarni uylariga olib ketib, ushbu tajribalarini eslatuvchi shaxsiy yodgorlik sifatida saqlashadi.

Joylar cheklangan, iltimos, ro‘yxatdan o‘tish uchun shu manzilga murojaat qiling: rsvp@bukharabiennial.uz