Safar – Qo‘g‘irchoqlar yurishi (Kamruzzamon Shadhin Zavqiddin Yodgorov bilan hamkorlikda)
06.09.2025 10:00
Karvonsaroydan boshlanadi

Juma 5-sentabr, 18:00
Shanba 6-sentabr, 18:40
Yakshanba 7-sentabr, 18:40
Davomiyligi: 30–40 daqiqa
Manzil: Karvonsaroydan boshlanadi
Buxoro qo‘g‘irchoq teatri artisti Zavqiddin Yodgorov bilan hamkorlikda yaratilgan Kamruzzamon Shodinning tomoshaviy yurishi Markaziy va Janubiy Osiyo bo‘ylab qadimgi tasavvufiy sayohatlarni bugungi parokanda dunyoga javoban qayta talqin etadi. Ramziy ma’no tashuvchi hayvonlardan ilhomlanib yaratilgan bir qator yirik qo‘g‘irchoqlar – rivoyatlarga ko‘ra, ular oriflarni xilma-xil va mashaqqatli hududlardan uzoq masofalarga olib borgan – Buxoro ko‘chalarida namoyon bo‘ladi.
Ko‘rinish va jonli ijro uyg‘unligidagi Shodinning tomoshasi qishloq va shahar an’analaridan oziqlanib, birgalikda yashash va xotira haqidagi muloqotlar uchun ishtirokchilarga ochiq makon yaratadi. Ko‘chishlar-u parokandalik sharoitida bu loyiha dardlarga malham sifatida jamoaviy xotiraga murojaat qiladi.
Oldindan ro‘yxatdan o‘tish shart emas.